Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 12-oktabr, 2026
Ushbu siyosat InstaTarget xizmati (operator: PayStars, sayt: insta.paystars.uz) foydalanuvchilarning ma'lumotlarini qanday yig'ishi va ishlatishini tushuntiradi.
Qanday ma'lumotlar yig'iladi
- Ism va telefon raqami
- Siz yuklagan video, rasm yoki Instagram post havolasi
- Reklama sozlamalari: maqsad, hudud, yosh, jins, qiziqishlar, byudjet va muddat
- Buyurtma raqami, holati va to'lov holati (karta ma'lumotlari bizda saqlanmaydi — to'lov Click/Payme orqali amalga oshiriladi)
Ma'lumotlardan foydalanish
Ma'lumotlar faqat sizning buyurtmangiz bo'yicha Instagram reklamasini Meta (Facebook) Marketing API orqali yaratish, ishga tushirish, natijalarini ko'rsatish va siz bilan bog'lanish uchun ishlatiladi. Buning uchun media va reklama sozlamalari Meta Platforms'ga uzatiladi va Meta'ning o'z siyosatiga bo'ysunadi.
Uchinchi shaxslarga berish
Ma'lumotlaringiz sotilmaydi va reklama maqsadida boshqalarga berilmaydi. Ular faqat reklamani ishga tushirish uchun Meta'ga va qonun talab qilgan hollarda vakolatli organlarga berilishi mumkin.
Saqlash muddati
Buyurtma ma'lumotlari va media reklama tugaganidan keyin 12 oygacha saqlanadi, so'ng o'chiriladi. Istalgan vaqtda o'chirishni so'rashingiz mumkin — Ma'lumotlarni o'chirish.
Bog'lanish
Savollar bo'yicha: www.faha941111a@gmail.com
English summary
InstaTarget (operated by PayStars) collects your name, phone number, uploaded media or post link, and ad settings (goal, location, age, gender, interests, budget, duration). This data is used only to create and run your Instagram ads via the Meta Marketing API and to contact you about your order. We do not sell your data. Order data and media are kept up to 12 months after the campaign ends, then deleted. You can request deletion at any time via /data-deletion. Contact: www.faha941111a@gmail.com.